21:41 / 28.11.2019
3 061

Quvgʻindagi Bakiyevning nabirasi familiyasini “Petrov”ga oʻzgartirdi va Belarusda biznes bilan shugʻullanmoqda

Quvgʻindagi Bakiyevning nabirasi familiyasini “Petrov”ga oʻzgartirdi va Belarusda biznes bilan shugʻullanmoqda
Foto: “kaktus.media”
Qurmanbek Bakiyevning nabirasi, Marat Bakiyevning oʻgʻli Ruslan Belarusda Petrov familiyasi bilan yashamoqda va yirik biznes bilan shugʻullanmoqda, deya xabar berdi belorusning Naviny.by nashri.

25 yoshli Ruslan Petrov — Minskdagi koʻptarmoqli Centropol qurilish majmuasida ishtirok etayotgan kompaniya egasi.  Centropol shahar markazida boʻlib, uning ochilishi 2020-yilga belgilangan. Unda kazino, tibbiyot, bolalar va koʻngil ochish markazlari boʻladi, butik, bar va restoranlar, yozgi qahvaxonalar joylashadi. Loyihaga kiritiladigan investitsiya $80 mln deya baholangan.

Foto: “kaktus.media”
Naviny.by jurnalistlari majmua qurilishida ishtirok etayotgan “Germes Konstrakshn” kompaniyasi va Forpaton Resource LP kompaniyasi oʻrtasidagi bogʻliqlikni aniqlashdi. Bu kompaniyaning 75 foizi Belarus fuqarosi 25 yoshli Ruslan Petrovga tegishlidir.

Foto: “kaktus.media”
Naviny.by toʻplagan maʼlumotlarga koʻra, Ruslan Petrov  — bu Qurmanbek Bakiyevning nabirasidir. Quvgʻindagi qirgʻiz prezidentining oilaviy suratidagi inson feysbukdagi Ruslan Petrovga (uning feysbukdagi doʻstlari orasida quvgʻindagi prezidentning kichik oʻgʻli Maksim Bakiyev ham bor), shuningdek Linkedin va Ruslan Maratovich Petrov tahsil olgan Belarus Davlat universiteti saytidagi fotolarga oʻxshab ketadi.

2010-yili BDUning xalqaro munosabatlar fakultetining “jahon iqtisodiyoti” boʻlimiga Bakiyev Ruslan Maratovich oʻqishga kiradi. U talabalar roʻyxatida bor. Keyingi yili ayni shu fakultetda Petrov Ruslan Maratovich tahsil oladi. U iqtisodiy viktorinada, shuningdek universitetdagi dzyudo musobaqalarida ishtirok etadi.

Foto: “kaktus.media”
Naviny.by Belarus xususiy tadbirkorlik va yuridik shaxslar Yagona davlat registriga asoslanib Ruslan Maratovich Petrov shu yil mart oyida roʻyxatdan oʻtgan hamda xususiy va ijaraga olingan koʻchmas mulklarni ijaraga berish bilan shugʻullanuvchi “Belxanter-Invest” MCHJ taʼsischilaridan biri ekani borasida yozadi.

Jurnalistlar Ruslan Petrov bilan bogʻlanishga harakat qilishgan, ammo u oʻzining xodimlari orqali Centropol majmuasi qurilishiga aloqasi yoʻqligini bildirgan. Nashr maʼlumotlariga koʻra, Centropol loyihasi bilan uning otasi Marat Bakiyev shugʻullanadi.

2018-yilning iyulida belarus matbuoti, Qirgʻiziston sobiq bosh vaziri Daniyar Usenov ismini Daniil Urisskiyga oʻzgartirganini va Belarusda biznes ochgani haqida yozishgan edi. Vatanida Usenov sirtdan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan, u 2010-yilgi ommaviy noroziliklar vaqtida tinch fuqarolarni otishga ruxsat berganlikda aybdor deya topilgan.

Qurmanbek Bakiyev 2005-yildan 2010-yilga qadar Qirgʻiziston prezidenti boʻlgan. U hokimiyatga Asqar Akayev hukumatiga qarshi boʻlgan “Lola inqilobi” toʻlqinida kelib qolgan. Biroq, 2010-yilning 7-15-aprel kunlari boʻlib oʻtgan yangi inqilob vaqtida u muxolifat tomonidan agʻdarildi. Siyosatchi mamlakatni tark etdi va bir necha yildan beri oilasi bilan Belarusda siyosiy emigratsiyada istiqomat qilmoqda.

Qirgʻizistonda Bakiyev va uning akasi Janibek Bakiyevga nisbatan oʻndan ortiq jinoiy ish ochilgan. Ular Bishkek yaqinidagi 262 gektar qishloq xoʻjalik yerlarini qonunga zid ravishda qurilish uchun ajratganlikda, shuningdek britaniyalik tadbirkor Shon Deyli hayotiga suiqasd uyushtirishda ayblanadi. Bishkekdagi Oktyabr sudi 2010-yil dekabrida Qurmanbek Bakiyev va uning akasini sirtdan 10 yil muddatga ozodlikldan mahrum qildi. Yangi hukmga koʻra, sobiq prezident 30 yil muddatga qamoqqa, akasi esa umrbod qamoqqa hukm qilinganini anglatadi.

Sobiq prezidentning oʻgʻli Maksim Bakiyev ham sirtdan umrbod qamoqqa hukm qilingan, u korrupsiya va noqonuniy topilgan pullarni qonuniylashtirishda aybdor deya topilgan va xalqaro qidiruvga berilgan. Turli OAVning xabar qilishicha, u London va Belarusda istiqomat qiladi. Unga Minsk yaqinidagi Raubichi qishlogʻidagi dangʻilama uy ham tegishlidir. Uning hamkori Gurevich sirtdan 25 yil ozodlikdan mahrum qilingan.

“Nastoyaщyemu Vremeni”ga bergan intervyusida katta Bakiyev oʻgʻli byudjetdan pullarni olib chiqib ketganini inkor qilgan edi: “Aytishdiki: mana uning oʻgʻli Maksim, uning atrofida hamma oʻralashib qoldi, u biznes bilan shugʻullandi. Ha, u biznesmen edi. U qanday aktivlarga egaligini hatto men – uning otasi boʻla turib bilmayman. Ular aytishdiki: mamlakatdan milliard-millionlab dollarni olib chiqib ketdi va hozir xorijda mazza qilib yashamoqda! Ammo nima uchun ular London Oliy sudiga murojaat qilishmayapti, oʻzlarining haqligini isbotlamayaptilar? 7-apreldan keyin bu pullarning qayoqqadir yoʻqolib qolganini, yangi hukumatdan soʻrang”.

Manba: Tnews.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Quvgʻindagi Bakiyevning nabirasi familiyasini “Petrov”ga oʻzgartirdi va Belarusda biznes bilan shugʻullanmoqda