11:00 / 29.11.2019
3 416

Germaniya kansleri Angela Merkel sahnaga chiqish vaqtida yiqilib tushdi (video)

Germaniya kansleri Angela Merkel sahnaga chiqish vaqtida yiqilib tushdi (video)
Germaniya kansleri Angela Merkel ko‘p tomonlama savdo hamkorligi va raqamli xavsizlik masalalariga bag‘ishlangan Berlin konferensiyasi vaqtida sahnaga chiqayotgan payti qoqilib ketdi. Ushbu hodisa videosini Britaniya tabloidi Daily Mail YouTube’dagi kanaliga joylashtirgan.

Hodisadan keyin anchayin hozirjavob siyosatchi bo‘lgan Merkel zinapoyani ko‘rmay qolgani va kelasi safar albatta undan foydalanishini bildirgan.

Kansler o‘z nutqi davomida nemis sanoati va savdo palatalarining vakillariga murojaat qilgan. Merkel Butunjahon savdo tashkiloti me’yorlariga o‘zgartirish kiritish zarurligini ta’kidlagan.

Avval Merkelning safdoshi bo‘lgan boshqa bir siyosatchi, Iqtisodiyot va energetika vaziri Peter Altmayer Dortmundda o‘tgan raqamli texnologiyalar ochiq konferensiyasida sahnadan yiqilib shifoxonaga yotqizilgandi.

Iyul oyida Angela Merkel Finlyandiya bosh vaziri Antti Rinne bilan uchrashuv vaqtida uchinchi marta qaltiroq tutgani ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, bu kabi qaltiroqlar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy va Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer bilan uchrashuvda ham kuzatilgan. Merkel sog‘lig‘idagi muammolar sabab Daniya bosh vaziri bilan uchrashuv vaqtida ikki davlat madhiyalarini o‘tirib tinglagan, Hindistonga safari vaqtida ham shunday vaziyat sodir bo‘lgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya kansleri Angela Merkel sahnaga chiqish vaqtida yiqilib tushdi (video)