21:43 / 29.11.2019
3 151

Havaskor alpinist 300 metr balandlikdan yiqilib halok boʻldi

Havaskor alpinist 300 metr balandlikdan yiqilib halok boʻldi
Dunyoga mashhur amerikalik havaskor alpinist - 31 yoshli Bred Gobrayt Meksikaning shimolidagi El Portero Chiko tog‘iga chiqayotib 300 metr balandlikdan yiqilib halok bo‘ldi.
Uning hamrohi 26 yoshli alpinist Aidan Jakobson qisqa masofaga yiqilib, yengil jarohat olgan, ammo omon qolgan.

Bred Gobrayt toqqa yakka holda chiqadigan va hech qanday xavfsizlik vositalardan foydalanmaydigan alpinist sifatida mashhur edi.
Hamrohining veb-saytda bergan intervyusiga qaraganda, u hamrohidan biroz yuqorida bo‘lgan va nimadir bo‘lib, Gobrayt pastga yiqilayotganini ko‘rgan.
“Alpinistlar dunyosi haqiqiy nurini yo‘qotdi”, - deb yozdi akademiya mukofotiga sazovor bo‘lgan “Free Solo” hujjatli filmining muallifi Aleks Xonnold o‘zining internetdagi sahifasida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Havaskor alpinist 300 metr balandlikdan yiqilib halok boʻldi