16:36 / 30.11.2019
2 979

Yusuf Islom: “Insonlar qashshoq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi”

Yusuf Islom: “Insonlar qashshoq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi”
Britaniyalik taniqli santʼatkor Yusuf Islom “Anadolu” agentligiga bergan intevyusida oʻzi asos solgan “Tinchlik poyezdi” nomli xayriya tashkiloti haqida gapirib berdi.

Uning fikriga koʻra, dunyoning bir qator mamlakatlarida davom etayotgan norozilik namoyishlarining aksariga ishsizlik va qashshoqlik sababchidir.

Dunyo aholisining bir foizi butun boyliklarning yarmiga ega, shu tufayli insonlar norozi ekaniga guvoh boʻlyapmiz. Buning sababi – tengsizlik. Tinchlik esa ana shu norozilik va tengsizlikning boʻlmasligidir. Insonlar qashshoq ekan, uylari va yegani ovqatlari yoʻq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi. Tinchlik – tenglikni taʼminlashning tamallaridan biridir”, – dedi Yusuf Islom.

U “Tinchlik poyezdi” nomli xayriya loyihasi doirasida dunyoning turli nuqtalaridagi ehtiyojmandlarga yordam joʻnatishayotganini aytdi.

Men nasroniy oʻlaroq voyaga yetganman, nasroniylar ham xayriya ishlariga moyil boʻladi. Ayniqsa, Mavlid arafasida xayriyalar koʻpayganini koʻrasiz. Lekin musulmon boʻlgandan keyin koʻrdimki, bu faqatgina koʻngilli ravishda qilinadigan ish emas, balki qilishimiz kerak boʻlgan ish, ijtimoiy tizimning bir parchasi. Islomda xayr ishlarining alohida oʻrni bor”, – dedi Yusuf Islom.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yusuf Islom: “Insonlar qashshoq ekan, tinchlikdan ogʻiz ochib boʻlmaydi”