23:58 / 30.11.2019
2 895

Hindistonlik sikx masjid uchun yer ajratdi

Hindistonlik sikx masjid uchun yer ajratdi
Hindistonning Uttar-Pradesh shtati Perkvazi shaharchasida yashaydigan 70 yoshli Suxpal Singx Baidi o‘ziga qarashli yerni masjid qurilishi uchun in’om qildi.
Chicago Morning Star nashrining yozishicha, Baidi aslida sikx diniga e’tiqod qiladi. Ammo bu uning 900 kvadrat metrlik yerdan musulmonlarning foydasiga voz kechishiga to‘sqinlik qilmadi. Bu yerda tez orada masjid qurilishi boshlanadi.

Baidi bu amali orqali tinchlik va diniy hamjihatlikning ahamiyatiga e’tibor qaratmoqchi bo‘lgan. Perkvazilik doktor Sandip Varma sikxlar jamoasi katta qadam tashlaganini va o‘zi ham masjid qurilishi uchun mablag‘ xayriya qilishini aytdi.
Perkvazi shaharchasida musulmonlar ko‘pchilikni tashkil etadi. Biroq shaharcha joylashgan Muzaffarnagar tumanida diniy mojarolar kuzatib turiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonlik sikx masjid uchun yer ajratdi