23:50 / 01.12.2019
4 716

"O‘ling yoki tan oling!" Ozarbayjon armiyasida qo‘lga ushlangan ayg‘oqchilar qiynoqqa solindi

"O‘ling yoki tan oling!" Ozarbayjon armiyasida qo‘lga ushlangan ayg‘oqchilar qiynoqqa solindi
So‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, Ozarbayjon armiyasida Armanistonga josuslik qilgan 25 kishi qiynoqlar bilan o‘ldirilgan. Ularning qilgan xoinliklari qoralandi. Bir necha kunlardan so‘ng, xoinlarning qarindoshlari bilan suhbat ham olib borilgan.

Nosir o‘zining Xachmaz shahridagi qishlog‘idan Bokuga ko‘chishga majbur bo‘lgan. Chunki uning o‘g‘li o‘z yurtiga xoinlik qilgan edi. Biroz muddatdan so‘ng, Nosir ijtimoiy tarmoqda kichik guruh shakllantiradi. U guruhda boshqa sudlanuvchilarning qarindoshlari bilan aloqa o‘rnatadi. Qolaversa, sudga aloqador hujjatlar to‘plab, huquq himoyachilari va chet ellik diplomatlar bilan ko‘rishadi. Hujjatlari orasida Ozarbayjon armiyasida qiynoq qurboniga aylangan yuzdan ortiq harbiy xizmatchilar to‘g‘risidagi sud qarorlari, komissiya xulosalari va boshqa hujjatlar bor edi.

Ommaviy qiynoq borasida 2019 yilgacha hech kimning xabari bo‘lmagan. Huquq himoyachilariga ko‘ra, 100 dan ortiq askar va zobit qiynoqqa solingan, 25 nafari uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan va kamida to‘qqiztasi qiynoqlardan vafot etgan. Bugungi kunda Ozarbayjonda bunday holat "Terter ishi" deb nom olgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "O‘ling yoki tan oling!" Ozarbayjon armiyasida qo‘lga ushlangan ayg‘oqchilar qiynoqqa solindi