11:39 / 01.12.2019
3 446

Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda

Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatni sodir etishda gumon qilinmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz nashri xabar berdi.

Atamboyevning advokati Sergey Slesarevning aytishicha, Qirg‘izistonning sobiq prezidentiga tergovga qarshilik ko‘rsatish ayblovi qo‘yilmoqda. Gap Atamboyev jinoiy avtoritet Aziz Batukayevning noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha so‘roqqa kelishdan bosh tortgani haqida bormoqda.

“Unga gumon qilinayotganlikda ogohlantirish berildi. Rasmiy ayblov unga Batukayev bilan bog‘liq holat bo‘yichagina ayblov bildirdi. Lekin aytganimdek, tergovda Almazbek Atamboyev aybdorligining birorta isboti yo‘q. Ish qolgan ishlar kabi soxtalashtirilgan”, deb aytgan advokat.

Slesarevning ta’kidlashicha, u 6 dekabrga belgilangan keyingi sud majlisida Atamboyevni sudga boshqa olib kelmasliklari haqida iltimos qilmoqchi, chunki u sud jarayonida ishtirok etishdan bosh tortmoqda.

Batukayevning qamoqdan noqonuniy ozod etilishi ishi bo‘yicha 19 kishi, jumladan mahkumga tashxis qo‘ygan shifokorlar va laborantlar, jazoni ijro etish davlat xizmati vakillari va boshqa yuqori lavozimli amaldorlar, jumladan Atamboyev ayblanuvchi sifatida o‘tmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Almazbek Atamboyev yana bir jinoyatda gumon qilinmoqda