16:33 / 02.12.2019
3 889

Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)

Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)
Foto: Videodan kadr
Sankt-Peterburg yaqinidagi Olgino qishlogʻida 50 nafarga yaqin yoʻlovchi boʻlgan Dragon rusumidagi avtobus yoʻlda yonib ketdi, deb xabar bermoqda Regnum.

Qayd etilishicha, voqea 1-dekabr kuni soat 12:21 larda roʻy bergan. Avtobus Sankt-Peterburgdan Zelenogorskka ketayotgan boʻlgan. Haydovchi dvigatel boʻlinmasida tutunni sezgach, avtobusni toʻxtatib, odamlarni tushirgan. Avtobus esa butunlay yonib ketgan.

Voqea aks etgan video VKontakte ijtimoiy tarmogʻidagi “DTP i CHP Sankt-Peterburg” guruhida eʼlon qilingan.

Maʼlumotlarga koʻra, yoʻlovchilarni qutqarib qolgan haydovchi kelib chiqishi oʻzbekistonlik 43 yoshli erkak boʻlib, avtobus tegishli boʻlgan “Tretiy park” korxonasida 3 yildan buyon ishlab keladi.

Ayni paytda voqea yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Peterburgda oʻzbekistonlik haydovchi 50 nafar yoʻlovchini avtobusdagi yongʻindan qutqarib qoldi (video)