08:00 / 03.12.2019
2 631

Er-xotin blogerlarning uyini oʻmarib ketishdi

Er-xotin blogerlarning uyini oʻmarib ketishdi
Dunyodagi eng mashhur bloger, PewDiePie taxallusi bilan tanilgan Feliks Chelbergning uyiga nomaʼlum shaxslar oʻgʻirlikka tushgan. The Daily Dot manbasining yozishicha, jinoyatchilar uning turmush oʻrtogʻi boʻlgan boshqa bir bloger Marsiya Chelberg (Bizonin)ga tegishli koʻplab buyumlar va narsalarni oʻmarib ketishgan.

“Uyimizga kirishib, mening 90 foiz qimmatbaho narsalarim, zargarlik taqinchoqlarimdan tortib qimmatbaho narsalarimgacha olib ketishibdi. Ularni shu paytgacha yiqqan edim. Hammasi izsiz yoʻqoldi”, deb yozadi u oʻzining Instagram-akkauntida.

Marsiya Chelberg u bulardan tashqari ham koʻplab ajoyib va muhim narsalari borligi, oʻgʻirlangan buyumlar bor-yoʻgʻi moddiy boylik ekanligini aytsa-da, baribir, roʻy bergan voqeadan shokda va xafa ekanligini bildirgan. Ijtimoiy tarmoqlarda er-xotin blogerlarning muxlislari ularga dalda beradigan soʻzlar yozishmoqda.

Xususan, ulardan biri oʻgʻrilarni “chiqindilar” deb atagan boʻlsa, boshqasi juftlikka xususiy detektiv yollashni, hududdagi lombardlarni tekshirishni tavsiya qilgan. Zero, zargarlik buyumlari va boshqa predmetlarning mana shunday joylarda sotilishi ehtimoli katta ekan.

Maʼlumot uchun, 30 yoshli Feliks Chelberg dunyodagi eng mashhur YouTube-blogerdir. Uning obunachilari soni 102 milliondan oshadi. U tomoshabinlar soni boʻyicha faqat Hindistonning T-Series musiqa korporatsiyasi kanalidan keyingi oʻrinda turadi. Shved Minecraft hamda turli oʻyinlar boʻyicha videoroliklari bilan tanilgan.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Er-xotin blogerlarning uyini oʻmarib ketishdi