15:53 / 03.12.2019
3 617

Tramp vertolyotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi”(video)

Tramp vertolyotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi”(video)
FOX 10 Phoenix telekanali AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uy oldida vertolyotga chiqishi aks etgan videoni joylashtirdi.

Videoda Tramp vertolyot tomon bir oʻzi borayotgani aks etgan. Biroq yarim yoʻlda rafiqasi Melanyani kutish uchun toʻxtadi, ular birgalikda uchishi kerak boʻlgan.

Video mualliflari AQSH prezidenti rafiqasini shunchaki unutib qoʻygan, deb taxmin qilishdi.

AQSH prezidenti Donald Tramp va uning rafiqasi noqulay ahvolga tushishi bir necha marta OAVlar eʼtiboriga tushgan.

Xususan, Tel-Aviv aeroportida prezident oilasini kutib olishga chiqqan yuzlab jurnalistlar “oilaviy sahnaning” guvohi boʻlishgandi. Qizil yoʻlakdan ketayotgan Donald Tramp rafiqasining qoʻlini tutmoqchi boʻlganda, Melanya uning qoʻlini siltab tashladi.

Shuningdek, Italiyada ham AQSH prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya uning qoʻlini yana bir bor ushlashdan bosh tortgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp vertolyotga chiqishdan oldin rafiqasini “unutdi”(video)