10:59 / 04.12.2019
4 397

Dubay shahzodasi jahon rekordi oʻrnatdi

Dubay shahzodasi jahon rekordi oʻrnatdi
Foto: russianemirates.com
Dubay valiahd shahzodasi Hamdan bin Muhammad bin Rashid Ol Maktum boshchiligidagi Skydive Dubai parashyutchilar guruhi BAA tashkil topganining 48 yilligi munosabati bilan Ginness rekordini oʻrnatdi.

Gap shundaki, shahzoda boshchiligidagi parashyutchilar Dubayning The Palm Jumeirah sunʼiy oroli ustida havoda 144 kvadrat metrlik milliy bayroqni ochishgan. Ushbu voqea 18-noyabrda kameralarga muhrlangan boʻlsa-da, valiahd shahzoda uning videosini Instagramʻda keyinroq joyladi.

Video milliondan koʻproq namoyish yigʻishga ulgurgan. Unga “Milliy gʻururning yana bir lahzasi va yangi jahon rekordi: 144,28 kvadrat metrlik bayrogʻimiz BAA Milliy kuni sharafiga Dubay uzra hilpiramoqda”, deb izoh qoldirilgan. Video koʻplab maqtovli izohlar va layklar yigʻgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubay shahzodasi jahon rekordi oʻrnatdi