2 880
Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri va prezident xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari qamaldi
Turkmanistonda sobiq ichki ishlar vaziri Iskandar Mulikov qator jinoyatlar, jumladan, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va juda katta miqdorda pora olishda ayblanib sudlandi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Botir Atdayev davlat xavfsizlik kengashi yigʻilishida xabar berdi.
Turkmaniston televideniyesi sochi butunlay olib tashlangan va qoʻllariga kishan taqilgan sobiq vazirni koʻrsatdi, deb yozmoqda “Alternativniye novosti Turkmenistana”.
Iskandar Mulikov
“Mening jinoyatlarim aniqlanganidan keyin qonuniy asosda jinoiy javobgarlikka tortildim, - dedi I.Mulikov koʻzlarini koʻtarmagan holda. - Men notoʻgʻri xatti-harakatimni tan olaman va afsuslanyapman”.
Migratsiya xizmatining sobiq rahbari, oʻz vaqtida prezident xavfsizlik xizmatiga rahbarlik qilgan Meylis Nobatov ham shu kabi jinoyatlarda ayblangan.
Meylis Nobatov
Nobatovning soʻzlariga koʻra, jinoyatlarini 2015-2019-yillarda, “yuqori lavozimlarda ishlagan paytida” sodir etgan. Migratsiya xizmati rahbari lavozimidan ketganidan keyin, u bir necha bor prezident tansoqchilari tarkibida koʻrinish bergan.
Sobiq ichki ishlar vaziri shu yilning 1-oktyabrida barcha unvonlaridan mahrum qilingan vv ishdan boʻshatilgandi. Manbalarda uning ishdan boʻshatilishi uzoq muddatga qamalgan tadbirkor Chara Qulovning ishi bilan bogʻliq ekani aytiladi. Xabar qilinishicha, sobiq vazirlar va yuqori lavozimli shaxslar tadbirkor Ch.Qulov bilan birga hokimiyatni qoʻlga olish niyatida boʻlgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Qozog‘istonlik milliarderlar suv toshqinidan zarar ko‘rgan hududlarga mablag‘ ajratdi