15:30 / 04.12.2019
3 138

Rossiyada koʻp qavatli bino portlab, uning devori qulab tushdi (video)

Rossiyada koʻp qavatli bino portlab, uning devori qulab tushdi (video)
Kecha 3 dekabr kuni, Rossiyaning Belgorod viloyatida gaz chaqnashi oqibatida porlash sodir boʻldi. Natijada 4 qavatli binoning devorlaridan biri butunlay qulab tushdi.

Mahalliy qutqaruvchilarning soʻzlariga koʻra, portlash natijasida jarohatlangan 2 kishi darhol kasalxonaga olib ketilgan, shundan soʻng yana 4 kishi va 1 ayol shifoxonaga olib borilgan. Bemorlardan biri bosh qismidan ogʻir jarohat olgani aytilmoqda.

4 qavatli turar joy binosidagi portlashdan soʻng devorlarning qulashi esa tasodifan video kameralarga tushib qolgan.

Jarohat olganlardan tashqari binoda qolgan 24 kishi ham evakuatsiya qilingan. Belgorod viloyati gubernatori voqea joyiga tashrif buyurib, vaziyatni koʻzdan kechirgan va barcha jabrlanganlarga kerakli yordam berishga topshiriq bergan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada koʻp qavatli bino portlab, uning devori qulab tushdi (video)