17:00 / 05.12.2019
3 686

AQSHda uygʻurlar haqida qonun qabul qilingani Xitoyga yoqmadi

AQSHda uygʻurlar haqida qonun qabul qilingani Xitoyga yoqmadi
AQSH Kongressining vakillar palatasi tomonidan Sharqiy Turkiston (Shinjon muxtor tumani)dagi vaziyat boʻyicha qonun loyihasining qabul qilinishidan Xitoy norozi boʻldi. Bu haqda Islamnews nashri xabar bermoqda.

Qonunda huquqlari buzilgan uygʻurlarga yordam koʻrsatish, shuningdek Sharqiy Turkistondagi vaziyat uchun aybdor boʻlgan xitoylik mulozimlarga sanksiya joriy etish koʻzda tutilgan. Mazkur qonun kuchga kirishi uchun senat va prezident Donald Tramp tomonidan maʼqullanishi zarur.

Xitoy tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Xua Chunin esa qonun loyihasini tanqid qilib, uning mualliflarini Xitoyning terrorchilik va xalqaro huquqning buzilishiga qarshi olib borayotgan harakatlarini qoralashga urinishda aybladi.

Xitoy tomoni ham AQSHga javob qaytarish niyatida. Xususan, uygʻurlar mavzusini koʻtargan amerikalik siyosatchilarga viza cheklovlarini joriy etmoqchi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda uygʻurlar haqida qonun qabul qilingani Xitoyga yoqmadi