23:33 / 07.12.2019
6 916

Dunyodagi eng yosh milliarderlar kimlar?

Dunyodagi eng yosh milliarderlar kimlar?
1. Aleksandra Andresen
Yoshi: 22
Mablag‘i: 1.4 milliard dollar
1996 yilda tug‘ilgan Aleksandra Andresen dunyodagi eng yosh milliarder bo‘lib, u norvegiyalik Johan H. Andresenning qizi. U Ferd nomli Norvegiya sarmoyaviy kompaniyasining boshlig‘i, Shimoliy fond birjasining faol investorlaridan biri va bir qancha xususiy sarmoyalarga ega.


2. Katarina Andresen
Yoshi: 23
Mablag‘i: 1.4 milliard dollar
Katarina Andresen dunyoning ikkinchi eng yosh milliarderidir, chunki uning singlisi Aleksandra undan kichikroq edi. Andresen, shuningdek, Ferd egalik huquqining 42,2 foiz ulushini meros qilib oldi.


3. Gustav Magnar Uitzoy
Yoshi: 26
Mablag‘i: 3 milliard dollar
Gustav Magnar Uitzoy dunyodagi yirik losos (baliq) ishlab chiqaruvchilardan biri bo‘lgan SalMar ASA ning deyarli yarmiga egalik qiladi. SalMar Norvegiyada losos fermer xo‘jaligini sanoatlashtirishga boshchilik qildi. Unga ushbu ulush 2013 yilda otasi Gustav Magnar tomonidan berilgan bo‘lib, u kompaniyani 1991 yilda tashkil qilgan.


4. Evan Shpigel
Yoshi: 28
Mablag‘i: 2.2 milliard dollar
Evan Shpigel Snapchatning do‘stlari o‘rtasida vaqtinchalik fotosuratlarni uzatuvchi foto-xabarlar xizmati bilan shug‘ullanadigan Snap Inc. kompaniyasining asoschilaridan biri va bosh direktoridir.


5. Ludvig Tyodor Braun
Yoshi: 28
Mablag‘i: 1 milliard dollar
Ludvig Tyodor Braun tibbiyot asboblari kompaniyasining 10 foiziga egalik qiladi. Braun Melsungen AG ning boshlig‘i bo‘lib, u dorivor o‘simliklarni sotadigan kichik dorixona sifatida 1839 yilda tashkil etilgan va hozirda tibbiyot vositalarining asosiy firmasi hisoblanadi. Uning otasi 1977 yilda kompaniyaning tizmalarini o‘z qo‘liga oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyodagi eng yosh milliarderlar kimlar?