Euromonitor International kompaniyasi mutaxassislari har yili sayyohlar orasida eng mashhur bo‘lgan shaharlar ilk yuztalik ro‘yxatini tuzadi. Bu yilgi reyting ham kompaniya saytida e’lon qilindi.
Dastlabki o‘rinni Gonkong egallagan. Yil oxiriga borib bu joyga tashrif buyurganlar soni 26.7 millionga yetishi kutilmoqda.
Keyingi o‘rinlarda Tayland poytaxti Bangkok (25.8 million) hamda Xitoy tarkibidagi alohida boshqaruvdagi hudud Makao (20.6 million) egallagan. Shuningdek, birinchi beshlikni Singapur (19.7 million) va London (19.5 million) yakunlaydi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, dunyo bo‘ylab sayyohlar oqimi o‘tgan yilgiga qaraganda 4.2 %ga oshgan. 2019 yil davomida jami 1.5 mlrd marotaba sayohatlar amalga oshirilgan. Shuningdek, bu sayohatlarning 47 %i ilk 100 talikdagi shaharlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Eslatib o‘tamiz, 5 sentyabrda Mastercard xalqaro to‘lovlar tizimining ma’lumotlariga asosan Osiyo-tinch okeani mintaqasining eng ko‘p sayyohdar tashrif buyurgan shaharlar ro‘yxati ma’lum qilingan edi. Unda Bangkok birinchi pog‘onada edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?