20:55 / 08.12.2019
2 555

Erdoʻgʻon Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqish shartini aytdi

Erdoʻgʻon Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqish shartini aytdi
Foto: REUTERS
Suriya hududidan harbiylarning olib chiqib ketilishiga faqatgina Suriya xalqining talabi asos boʻlishi mumkin. Bu haqda u 7-dekabr kuni maʼlum qilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻon Istanbulda qilgan nutqida qayd etishicha, Suriya xalqi “rahmat, endi ketishingiz mumkin” demaguncha, uning mamlakati Suriyadagi “Tinchlik manbai” maxsus operatsiyasini toʻxtatmoqchi emas.

REGNUM axborot agentligi xabar berishicha, Turkiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Hami Aksoyning soʻzlariga koʻra, Moskva va Vashington Anqara bilan kelishuv boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarmagan taqdirda “Tinchlik manbai” harbiy operatsiyasi davom etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Erdoʻgʻon Suriyadan qoʻshinlarni olib chiqish shartini aytdi