23:01 / 09.12.2019
12 186

“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi (foto)

“Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi (foto)
Xalqaro “Koinot go‘zali-2019” tanlovi g‘olibasi Janubiy Afrika Respublikasi vakili Zozibini Tunzi bo‘ldi.

Final bosqichga Meksika va Puerto-Rikodan qatnashchilar kiritildi.

Bu yil “Koinot go‘zali” tanlovi AQShning Atlanta shahrida o‘tkazildi. Bu tanlov 1952 yildan beri o‘tkazilib kelinadi va dunyoda eng nufuzli tanlovlardan biri hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya go‘zali Alina Sanko kech xabar qilingani, viza olish va boshqa tashkiliy qiyinchiliklar tufayli “Koinot go‘zali” tanlovida ishtirok etmadi. Endi Alina Sanko 14 dekabrda “Dunyo go‘zali” tanlovida ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » “Koinot go‘zali” tanlovi g‘olibalari aniqlandi (foto)