23:46 / 09.12.2019
2 754

Turkiyada mehmonxonalarda turganlik uchun soliq joriy qilindi

Turkiyada mehmonxonalarda turganlik uchun soliq joriy qilindi
Foto: 7 yulduzli Maran Palace mehmonxonasi
Turkiyada 2020 yildan boshlab sayyohlar mehmonxonada turganlik uchun 2 foizlik soliq to‘laydigan bo‘ldilar. Bunday me’yor Turkiya prezidenti tomonidan imzolangan qonunda ko‘zda tutilgan.

Diken portalining ma’lum qilishicha, qonun kuchga kirgandan keyin birinchi bosqichda, ya’ni 2020 yil aprelidan yil oxirigacha 1 foizlik soliq undiriladi. Mehmonxonalar bu soliqni mijozlarning hisoblarida qolgan soliqlar qatorida aks ettirishlari kerak bo‘ladi.

Ushbu soliqni yashash uchun joy taqdim qiladigan barcha ob’ektlar, jumladan mehmonxonalar, motellar, apartamentlar, mehmonxona uylari va kempinglar undirishlari kerak bo‘ladi. Shuningdek, qonun mehmonxonadagi ob’ektlar: ko‘ngilochar bog‘lar, akvabog‘lar, restoranlar va shu kabilarga taalluqli bo‘ladi.

Soliqdan talabalar yotoqxonalari, o‘quvchilar uchun pansionlar va dam olish uylari ozod qilinadi. Shuningdek, ushbu soliq xorijiy vakolatxonalar diplomatlari, diplomatik maqomga ega boshqa shaxslar, Anqara bilan soliqdan ozod qilish haqidagi kelishuvga ega xalqaro tashkilotlar xodimlaridan undirilmaydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkiyada mehmonxonalarda turganlik uchun soliq joriy qilindi