09:23 / 12.12.2019
13 415

​Dunyoning eng ko'rkam erkaklari

​Dunyoning eng ko'rkam erkaklari
O‘tgan galgi maqolalarimiz orqali dunyo tan olgan jahonning go‘zal ayollari haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirib o‘tganmiz. Bu sonimizda esa biz butun dunyoning bir nechta eng kelishgan va xushbichim erkaklari haqida sizga qiziq bo‘lgan bir qancha ma’lumotlarni berib o‘tmoqchimiz.
Quyida e’tiboringizga eng yuqori o‘rinlarni zabt etgan erkaklarni havola etamiz:

1. Tom Kruz - u 56 yoshda va hali ham eng istarali odamlardan biri. Ushbu aktyor asli amerikalik bo‘lib, 1962 yil 3 iyulda tug‘ilgan. Uning jozibali ko‘rinishi va jasur shaxsiyati uchun dunyodagi ayollarning ko‘pchiligi aqldan ozishadi. Umumiy boyligi 570 million dollar.


2. Kris Evans - ushbu aktyorning maftunkor ko‘rinishini e’tiborsiz qoldirib bo‘lmaydi. U ham amerikalik aktyor bo‘lib, 1981 yil 13 iyun tug‘ilgan. Hozirda 37 yoshida. Umumiy biyligi 50 million dollar.


3. В (Kim Tae-Hyung) - bugungi kunda K-pop musiqa yo‘nalishi kundan kunga ommalashib bormoqda. Janubiy Koreyaning BTS guruhi bolalar guruhi haqida eshitgan bo‘lsangiz, Tae-Hyung ayni shu guruh a’zosi hisoblanadi. V uning ijodiy taxallusi hisoblanadi. Ushbu san’atkor nafaqat qo‘shiqlar yozadi, balki aktyorlik sohasida ham anchagina iqtidorli hisoblanadi. 1995 yil 30 dekabrda tug‘ilgan bo‘lib, bugungi kundagi umumiy boyligi 8,3 million dollar.


4. Omar Borkan Al Gala - Saudiya Arabistonidan bo‘lgan ushbu shaxs 1989 yil 23 sentyabrda tug‘ilgan aktyor, shoir hamda internet yulduzi hisoblanadi. Umumiy boyligining miqdori 10 million dollar.


5. Godfrey Gao - Tayvanlik ushbu ko‘rkam inson 1984 yil 22 sentyabrda tug‘ilgan.


6. Xritik Roshan - o‘zining tashqi ko‘rinishining jozibali ekanligi bilan birga, u juda yaxshi raqqos hamdir. Ushbu Hindiston kino yulduzi 1974 yil 10 yanvarda tug‘ilgan. U hind prodyuseri Rakesh Roshanning o‘g‘li. U Bollivudning eng boy aktyorlaridan biri hisoblanadi va umumiy boyligi 100 million dollardan ziyod.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » ​Dunyoning eng ko'rkam erkaklari