Kadr: «NTV»
Rossiya Davlat dumasi deputati Vitaliy Milonov NTV kanalining «Sekret na million» («Millionlar siri») dasturi orqali namoyish etilgan ko‘rsatuvda o‘z farzandlari, xususan, asrab olgan o‘zbekistonlik qizchasi haqida gapirib berdi.
Deputatning ta’kidlashicha, farzandlaridan uch nafarini asrab olgan (jami olti nafar farzandi bor). Bolalardan biri – chiroyligina qizchani OAVda e’lon qilingan xabar orqali topib olgan. Uning onasi farzandini hojatxonada dunyoga keltirib, xiyobondagi o‘rindiqqa tashlab ketgan.
«O‘ylaymanki, himoyasiz qolgan bolalarni chet elga yubormasdan o‘zimiz asrab olib, katta qilishimiz kerak. Ularni amerikaliklarga sotib yuborishmoqchi bo‘lganida tortib olganman. Men asrab olgan farzandlarimni juda yaxshi ko‘raman. Ularning barchasi mening o‘z farzandim», — deydi Milonov.
Ko‘rsatuv davomida deputat qizi Yevdokiyaning qayerda tug‘ilganini aytishni xohlamadi. Shu vaqtda ko‘rsatuv doirasida bu qizchaning o‘tmish taqdiri haqidagi avval olingan lavha qo‘yib berildi. Unda qizcha 2014 yilning dekabrida tug‘ilganligi, onasi o‘zbekistonlik ekanligi haqida so‘z boradi.
Bu ayol Peterburgdagi restoranlardan birida qorovul bo‘lib ishlagan. Chaqaloqni dunyoga keltirgach, 8 soat ko‘chada aylanib yurgan va xiyobonlarning birida sovuqda qoldirib ketgan. Bu lavhani ko‘rgan Milonov voqea joyiga borib, murg‘ak qizchani asrab olishini aytgan. Shundan buyon bu qizcha deputatning oilasida yashamoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Amerikalik ayol ikki boshli ilonni asrab oldi

Uch oyoqli it ayolni o‘z joniga qasd qilishdan asrab qoldi

Ayol tovon puli olish uchun asrandi farzandini 7 yil davomida och qoldirdi

Mitxun Chakraborti axlat qutisidan topib, asrab olgan qizaloq bugun go‘zal qizga aylandi (Foto)

Otasidan o‘zganlar: Ramzan Qodirovning farzandlari undan ko‘proq daromad oldi

Rossiyalik deputat Valentin kunini nishonlashni qoraladi