16:42 / 11.12.2019
3 409

Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi

Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi
Foto: «Iz.ru»
Belarus huquq-tartibot xodimlari Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘g‘irlagan 21 yoshli qizni qo‘lga oldi, deb xabar beradi «Pravda Gomel».

Pervomaysk IIB vakili Yekaterina Dobrovolskayaning so‘zlariga ko‘ra, ushbu hodisa o‘tgan hafta sodir bo‘lgan. Mamlakatda qonuniy tarzda ishlab kelayotgan o‘zbekistonlik klubda bir qiz bilan tanishib qolgan va uni uyiga taklif qilgan. Ertalab uyg‘ongach esa 170 dollarga yaqin puli yo‘qolganini ma’lum bo‘lgan. Erkak qizga telefon qilib, muammoni yaxshilikcha hal qilishni taklif etgan.

Qiz pullarni qaytarishga va’da bergan va yana erkakning uyiga kelgan. Ertasi kuni esa uydan 19 ming rubl yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.

O‘g‘rilikda gumonlanayotgan qiz Gomelda militsiya xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Uning yonidan o‘g‘irlangan pullar topilmagan. Qizning aytishicha, u pullarning aksar qismini qarindoshlarining kartalariga o‘tkazib yuborgan, kiyim-kechak sotib olgan va taksiga sarflagan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, qiz sotuvchi bo‘lib ishlaydi va bunga qadar jinoiy javobgarlikka tortilmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Minskda O‘zbekiston fuqarosining pulini o‘margan 21 yoshli qiz qo‘lga olindi