17:16 / 12.12.2019
4 751

Isroil Eronga do‘q urdi: “Harbiy operatsiya boshlaymiz!”

Isroil Eronga do‘q urdi: “Harbiy operatsiya boshlaymiz!”
Agar Eron yadroviy qurol yaratish bo‘yicha harakatlarini to‘xtatmasa, Isroil unga qarshi harbiy operatsiya boshlashi mumkin. Bu haqda Isroil tashqi ishlar vaziri Israel Kats ma’lum qildi, deya xabar bermoqda «Anadolu» agentligiga tayanib Azon.uz nashri.

Isroil Eronning yadroviy qurol ishlab chiqarishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi. Harbiy aralashuv oxirgi chora bo‘ladigan bo‘lsa, biz bunga ham tayyormiz”, – deya yozdi Kats ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, «Isroil Eron hukumati o‘ldirgan chorasiz namoyishchilar emas». Tashqi ishlar vaziri bu gapi bilan yaqinda Eronda bo‘lib o‘tgan aksilhukumat namoyishlarida halok bo‘lganlarga shama qildi.
Israel Kats avvalroq arab davlatlari va G‘arbni Eronga qarshi kurashishga chaqirgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil Eronga do‘q urdi: “Harbiy operatsiya boshlaymiz!”