20:00 / 13.12.2019
3 310

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar parrandachilik fabrikasidan qochib ketishdi

Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar parrandachilik fabrikasidan qochib ketishdi
Illyustrativ foto
Rossiyaning Yaroslavl oblasti Ribinsk tumanidagi «Yaroslavskiy broyler» parrandachilik fabrikasida o‘zbekistonlik ishchilar g‘alayon ko‘tardi. Korxona xodimlari bu oxir-oqibat nimaga olib kelganini aytib berishdi, deb yozmoqda Kun.uz.

- Ular uzoq vaqtdan beri yomon ish sharoiti va maosh kamligidan shikoyat qilib kelishgan, - deydi «Yaroslavskiy broyler» ishchilari. - Kuni kecha ish haqi berildi, u ishchilarni qoniqtirmadi, sababi ozgina to‘lashgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, odatdagidan ham kamroq. Boshliqning yoniga kelib talab qilishdi, javob esa bunday bo‘ldi: yoqmasa - ketaveringlar.

Ishchilar bunga sabr qilishni xohlashmadi va boshlig‘ining so‘zlariga quloq solishgan - ishlab chiqarishga emas, balki ketishga qaror qilishdi.

- O‘zlariga ikkita avtobus buyurtma qilishdi va ketib qolishdi, - deya davom etadi korxona ishchilari. - Ishlab chiqarish to‘xtab qolmasligi uchun, dam olish kuni bo‘lganlar zudlik bilan zavodga chaqirildi. Hatto rahbarlar ham oddiy ishchilar sifatida ishga chiqdi.

Bunday rejimda ishlash hech kimga yoqmagan. Zavoddagilar ishchilarni zudlik bilan qaytarish kerakligi haqidagi qarorga kelishgan. Ularni ta’qib etish boshlangan.

- Taxminan soat 07:30larda Tutayev-Yaroslavl yo‘lida yo‘l harakati xodimlari MDH mamlakatlaridan biridan kelgan migrantlar bo‘lgan ikkita avtobusni to‘xtatdi, - deb xabar berdi Rossiya Ichki ishlar vazirligining Yaroslavl oblasti bo‘yicha boshqarmasi. - Xodimlar «PAZ» rusumli avtobuslarning texnik holati va yo‘lovchilarning hujjatlarini tekshirishdi. Hech qanday qoidabuzarlik aniqlanmadi.

Inspektorlar o‘zbekistonliklarni qo‘yib yuborishgan. Ammo zavod rahbariyati chet ellik ishchilarni ortga qaytardi. Qanday qilib o‘zbekistonliklar ortga qaytishga ko‘ndirilgani noma’lum, sababi korxona rasmiy izoh berishdan bosh tortmoqda. Ammo ishchilar bugun yana ishga chiqishgan.

- Aytishlaricha, ularga yetishmayotgan pullari qo‘shimcha tarzda to‘langan va endi ish haqi bilan aldamaslikka va’da berishgan, - deya xabar qildi zavod ishchilari.

Zavodda sodir bo‘lgan voqeadan so‘ng ma’lum bo‘lishicha, «Yaroslavskiy broyler»dan qochib ketgan ishchilar qonuniy ravishda ishlagan. Yaqin atrofda ular yashaydigan barak ham mavjud.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada o‘zbekistonlik ishchilar parrandachilik fabrikasidan qochib ketishdi