08:30 / 16.12.2019
4 438

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi

Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi
Dubayning Dubai Marina tumanida 2022 yil oxiri yoki 2023 yil boshida Ciel deb nomlanuvchi dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi. Yangi bino 82 qavatdan iborat bo‘lib, avvalgi rekordchi – Shayx Zoid shossesi bo‘yida joylashgan Gevora mehmonxonasidan 4 metrga balandroq bo‘ladi.

E’tiborlisi, mehmonxona eng baland joylashgan basseynlardan biri hamda dengiz va The Palm Jumeirah oroliga manzaralar ochiladigan tomdagi tomosha maydonchasi bilan o‘ziga jalb qiladi.

1209 ta lyuks va xizmat ko‘rsatuvchi apartamentlardan iborat mehmonxonani The First Group qurilish kompaniyasi barpo etmoqda. Mehmonxonaning zamonaviy intererida ko‘kalamzorlashtirilgan maydonlar va 4 ta restoran bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dubayda dunyodagi eng baland mehmonxona ochiladi