19:50 / 16.12.2019
2 914

Rossiyada YouTube bilan raqobatchi videoxosting ishga tushiriladi

Rossiyada YouTube bilan raqobatchi videoxosting ishga tushiriladi
Rossiyaning Mail.ru Group shirkati kelasi yili YouTube bilan raqobatlasha oladigan videoxostingini ishga tushiradi. Bu haqda shirkat bosh direktori Boris Dobrodeyev RBKga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Dobrodeyev hozircha yangi xizmat nomini ochiqlamadi. Uning fikricha, kompaniya shu paytga qadar foydalanuvchiga o‘zlari uchun kerakli kontent tanlash imkonini beradigan ijtimoiy xizmatlar taklif qilgan bo‘lsa, yangi xizmat orqali foydalanuvchilarga kompaniya kontentlar taqdim qiladi.

Foydalanuvchining qiziqishlariga qarab kontent taqdim qiladigan xizmat turi allaqachon ishga tushirilgan. Masalan, Mail.ru’ning shu yil taqdim qilgan “Puls” yangiliklar xizmati xuddi shunday tamoyil asosida ish olib boradi. U Internetda foydalanuvchining xatti-harakatini o‘qiydigan algoritmlardan foydalangan holda shaxsiy lentani hosil qiladi.

Dobrodeyevning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya xizmatni “o‘zining uslubida” taqdim etadi. Shu sababli u YouTube’ga asosiy raqobatchi bo‘lmaydi.

Mail.ru Group hozirda o‘z portali va elektron pochta xizmati, “Odnaklassniki” va “VKontakte”, ICQ va TamTam messenjerlariga, “Yula”, YouDrive, Delivery Club va boshqa xizmatlarga egalik qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyada YouTube bilan raqobatchi videoxosting ishga tushiriladi