06:00 / 18.12.2019
4 114

Xitoy hukumati Mesut O‘zil haqida: “Yolg‘on xabarlarga aldanibdi”

Xitoy hukumati Mesut O‘zil haqida: “Yolg‘on xabarlarga aldanibdi”
Mashhur futbolchi Mesut O‘zilning Sharqiy Turkistondagi vaziyat haqidagi tanqidiga Xitoy hukumati rasmiy munosabat bildirdi, deya xabar bermoqda “Yevronyus”.

“O‘zil avvalroq Sharqiy Turkistonga kelgani yoki kelmaginini bilmayman. Aftidan, u yolg‘on xabarlarga aldanibdi. Agar O‘zilning vaqti bo‘lsa, Sharqiy Turkistonga kelishini va hammasini o‘z ko‘zi bilan ko‘rishini istaymiz”, – dedi Xitoy tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Ging Shuang. Uning ta’kidlashicha, futbolchi Sharqiy Turkistonda boshqacha narsalarga guvoh bo‘ladi.

Mesut O‘zil 13 dekabr kuni Tvitterdagi sahifasida Sharqiy Turkistondagi musulmonlar zulm ko‘rayotganini aytib, musulmon mamlakatlarni bu zulmga befarqlikda ayblagan edi. Shundan so‘ng Xitoyning CCTV davlat telekanali Mesul O‘zil a’zosi bo‘lgan “Arsenal” jamoasining “Manchester Siti” bilan uchrashuvi namoyishini dasturdan olib tashladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy hukumati Mesut O‘zil haqida: “Yolg‘on xabarlarga aldanibdi”