16:27 / 20.12.2019
2 157

YouTuber’ning loyihasi amalga oshdi: dunyo bo‘ylab 20 million dona daraxt ekildi

YouTuber’ning loyihasi amalga oshdi: dunyo bo‘ylab 20 million dona daraxt ekildi
YouTube blogerlari hamda foydalanuvchilari ishtirokida tashkillashtirilgan 1 dollar – 1 daraxt loyihasi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Avval xabar qilganimizdek, YouTube blogeri Jimmy “MrBeast” Donaldson #TeamTrees tashabbusini e’lon qilgan edi. Loyiha 2020 yilning 1 yanvariga qadar dunyo bo‘ylab 20 million dona daraxt o‘tqazishni niyat qilgan Arbor Day Foundation tashkilotiga yordam berish uchun 20 million dollar yig‘ishni maqsad qilgan edi.

Bugun, 20 dekabr kuni Arbor Day Foundation tashkiloti loyiha uchun kerakli mablag‘ - $20 million yig‘ilganini ma’lum qildi.

Daraxtlar hayotimizning juda muhim qismini tashkil qiladi. Ular havoni tozalaydi, ichimlik suvini himoya qiladi, atrof-muhitni sog‘lomroq qiladi hamda odamlarni boqadi. Biroq, bu hayot himoyachilari dunyo bo‘ylab qisqarib bormoqda…
Birgalikda biz buni o‘zgartira olamiz. Birgalikda biz daraxtlarni saqlab qolamiz
”, - deyilgan tashkilot xabarida.

Loyiha dunyo bo‘ylab qiziqishlarga sabab bo‘ldi. Tesla, SpaceX kabi bir qator loyihalar muallifi Ilon Mask $1 million, Twitter bosh direktori Jek Dorsey $150 ming mablag‘ bergan.

Umuman olganda bu yil iqlim o‘zgarishlari, ekologik masalalar dunyo bo‘ylab keng muhokama qilingan yil bo‘ldi.
16 yoshli shved ekofaoli Greta Tyunberg BMTda iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha nutq so‘zladi, Time nashri tomonidan “Yil odami” deb topildi, Forbes nashri tomonidan “Eng qudratli ayollar top-100”ga kirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » YouTuber’ning loyihasi amalga oshdi: dunyo bo‘ylab 20 million dona daraxt ekildi