06:00 / 21.12.2019
2 361

Britaniyada Brexit bo‘yicha kelishuv ma’qullandi

Britaniyada Brexit bo‘yicha kelishuv ma’qullandi
Foto: House of Commons/AP
20 dekabrda Britaniya quyi palatasi deputatlari bosh vazir Boris Jonson taxmin qilganidek, qirollikning Yevropa Ittifoqidan chiqishi qonun loyihasini ma’qullashdi.

Kelishuvga 358 deputat ovoz bergan, 234 deputat esa qarshi chiqqan. Endi qonun loyihasi lordlar palatasiga ma’qullash uchun beriladi, undan keyin hujjatni qirolicha Yelizaveta II imzolashi kerak.

Jonsonning taxminicha, bu 2020 yil yanvarining birinchi o‘n kunligidan kech yuz bermasligi kerak. Agar shunday bo‘lsa, Britaniya Yevropa Ittifoqini 31 yanvarda tark etadi. So‘ngra bir yillik o‘tish davri amal qilib, unda tomonlar savdo va boshqa sohalar bo‘yicha kelishuv tuzishlari kerak bo‘ladi.

Britaniya parlamenti anchadan beri “Brekzit”ni ma’qullovchi qonun loyihasini qabul qila olmayotgandi. Unga muxolifat qarshi chiqayotgandi. Vaziyatni Jonson yetakchilik qiluvchi Konservatorlar partiyasi muddatdan avval saylovlarda g‘alaba qilgandan keyin o‘zgartirishga muvaffaq bo‘lingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyada Brexit bo‘yicha kelishuv ma’qullandi