18:58 / 21.12.2019
4 762

56 nafar o‘zbekistonlik ketayotgan avtobus Volgogradda avariyaga uchradi (foto, video)

56 nafar o‘zbekistonlik ketayotgan avtobus Volgogradda avariyaga uchradi (foto, video)
Foto: Volgograd IIBB
«Life» sayti RF IIV hududiy boshqarmasiga asoslanib xabar berishicha, Volgograd viloyatida «KamAZ» va 56 nafar o‘zbekistonlik yo‘lovchini olib ketayotgan avtobus to‘qnashib ketgan.

«Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikkinchi darajali yo‘ldan chiqib kelgan avtobus haydovchisi asosiy yo‘ldan harakatlanayotgan yarim pritsepli «KamAZ»ga yo‘l bermagan, oqibatda to‘qnashuv yuz berib avtobus yo‘ldan chiqib ketgan», — deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, avtobusdagi 56 nafar yo‘lovchi o‘zbekistonliklar bo‘lgan. «RIA Novosti» xabariga ko‘ra, jarohatlangan besh kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Foto: Volgograd IIBB
Hodisa joyida maxsus xizmatlar YTH sabab-oqibatlarini o‘rganmoqda.
Xabarda aytilishicha, o‘zbekistonliklarni mahalliy maktabga vaqtincha joylash masalasi ham hal qilinyapti.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 56 nafar o‘zbekistonlik ketayotgan avtobus Volgogradda avariyaga uchradi (foto, video)