Xitoy o‘zining “sun’iy quyosh”i – quyosh markazidagi termoyadro reaksiyalarini takrorlab atom yadrosidan energiya oladigan reaktorni ishga tushirmoqda.
Loyihaning muvaffaqiyatli amalga oshishi uni amalga oshirganlarga toza, arzon hamda deyarli tuganmas energiya olish imkonini beradi, deb yozmoqda Newsweek.
Reaktor HL-2M Tokamak deb ataladi. U 2006 yildan beri qo‘llanilayotgan “Yeksperimental Yuqori Supero‘tkazgichli Tokamak” loyihasining bir qismi sanaladi. Mart oyida Xitoy milliy yadro korporatsiyasi HL-2M loyihasi shu yilning oxiriga qadar ishga tushirilishini ma’lum qilgan edi.
Korporatsiyada ishlovchi janubi-g‘arbiy fizika universiteti raisi Duan Syuruning so‘zlariga ko‘ra, yangi qurilma 200 million gradus selsiygacha chiqa oladi. Bu quyosh markazidan 13 marta issiqroq degani. Avvalgi “sun’iy quyosh” yaratish tajribalarida u 100 million gradus selsiygacha yetgan edi.
Yadro sintezi bu quyoshni quvvatlantiradigan reaksiya hisoblanadi. Bunda ikkita yengilroq atom yadrolari bitta og‘irroq atom yadrosi hosil qilish uchun ishlatiladi. Og‘irroq atom yadrosi esa katta miqdordagi energiya manbasi hisoblanadi. Yadro harorati taxminan 15 million darajaga yetadigan quyoshda vodorod atomlari birlashib geliyni hosil qiladi.
Bu narsani yerda takrorlash uchun olimlarga yoqilg‘i kerak. Xitoyliklar bu yoqilg‘i sifatida plazmadan foydalanishmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
AQSH razvedkasi: Ukraina 2024 yil oxirigacha urushda yutqazishi mumkin
Qondagi shakar miqdorini tartibga soluvchi foydali meva nomi aytildi
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi