20:00 / 23.12.2019
2 756

Yangi Zelandiyada vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi

Yangi Zelandiyada vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi
Foto: «theguardian»
Yangi Zelandiyada 9 dekabr kuni vulqon otilishi ro‘y bergandi. Bu payt orol va uning atrofida 47 nafar sayyoh bo‘lgan. 23 dekabr holatiga ko‘ra, vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi, deb yozmoqda Xabar nashri.

Vulqon otilishidan keyin dastlab 9 nafar inson halok bo‘lgani aytilgandi. Keyinchalik bir kishi kasalxonada olamdan o‘tdi. 13 dekabr kuni tashkil etilgan qidiruv operatsiyasi davomida yana 6 kishining jasadi topildi.

Mahalliy radioning xabariga ko‘ra, kasalxonada jabrlanganlardan yana bir nechtasi vafot etgan. Ayni paytda kasalxonada 14 nafar jabrlanuvchi bor, ulardan 10 nafarining ahvoli og‘ir.

Ma’lumot o‘rnida, Uayt-Aylend Yangi Zelandiyadagi yagona faol vulqon oroli hisoblanadi va sayyohlar tashrifi bo‘yicha yuqori o‘rinlarda turadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yangi Zelandiyada vulqon otilishidan vafot etganlar soni 19 kishiga yetdi