21:15 / 23.12.2019
3 441

Qoshiqchining o‘limida ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi

Qoshiqchining o‘limida ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi
Foto: AP Photo/Lefteris Pitarakis
Saudiya Arabistoni o‘tgan yil oktabrda Istanbulda o‘ldirilgan saudiyalik jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘limi ishi bo‘yicha tergov ishlari yakunlanganini ma’lum qildi. Uni o‘ldirishda ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga, yana uch kishi 24 yilga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etildi. Bu haqda bosh prokuraturaga tayanib "As-Sabk" gazetasi xabar berdi.

Shu bilan birga, qirollikning Istanbuldagi bosh konsulxonasi konsuli jinoyat sodir etilgan vaqtda boshqa joyda bo‘lganligini isbotlovchi dalillarni taqdim etgani bois aybsiz deb topildi.

Qoshiqchi AQSHning Washington Post nashrida sharhlovchi sifatida ishlagan va 2017 yildan AQSHda yashagan. 2018 yil 2 oktabr kuni u Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulligiga hujjatlarni rasmiylashtirgani kirgach bedarak yo‘qolgan. Saudiya Arabistoni davlat ommaviy axborot vositalari 20 oktabrga o‘tar kechasi Qoshiqchi tirik emasligini, uning o‘limiga konsullik xodimlari bilan janjallashib qolgani olib kelgani haqidagi xabarni tarqatgan.

Istanbul prokuraturasi Qoshiqchining o‘ldirilishi qasddan amalga oshirilgani, uning jasadi u konsullikda bo‘g‘ib o‘ldirilgandan keyin yo‘q qilinganini ta’kidlagan.
Saudiya Arabistoni bosh prokuraturasi bayonotiga ko‘ra, Qoshiqchining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha 21 kishi hibsga olingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qoshiqchining o‘limida ayblangan besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi