10:23 / 24.12.2019
3 540

Jeki Chan suratga olish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi

Jeki Chan suratga olish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi
Foto: AR
Hollivud aktyori Jeki Chan “Avangard” (The Vanguard) filmida suratga tushish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi. Bu haqda The Straits Times nashri xabar berdi.

Voqea otishma sahnalaridan biri suratga olinayotgan vaqtda yuz bergan. 65 yoshli aktyorning ta’kidlashicha, u suratga olish vaqtida dengiz tubida toshlar orasiga tiqilib qolib, u yerdan chiqib keta olmagan.

Biroq mashhur aktyor vahimaga tushmagan, ammo qo‘rquvdan titray boshlagan. Shunda Channing hamkasblari yordam kelib, uni suvdan chiqarib olishgan.

“Birdaniga men qo‘rquvni his qildim va vujudim titray boshladi. Men shunday osongina o‘lishim mumkin edi. Suvdan chiqqanimda rejissyor Stenli Tonga hattoki ko‘ziga yosh olgan”, deb eslaydi o‘sha voqeani aktyor.

Uning ta’kidlashicha, u rejissyorni hammasi joyidaligiga ishontirgach, ko‘p o‘tmay suratga olish ishlari davom ettirilgan.

Aktyor filmlarda murakkab sahnalarni o‘zi bajarishi bilan tanilgan. Shu sababli u bir necha marta oyoq-qo‘li, burni, soni, bo‘yni, qovurg‘alaridan jarohat olgan. Aktyor eng og‘ir jarohatlaridan birini “Tangri aslahalari” filmida suratga tushishi vaqtida olgan: Chan daraxtdan yiqilishi oqibatida boshidan og‘ir jarohat olib, deyarli o‘lim yoqasida bo‘lgan.

Aktyor ishtirokidagi “Avangard” filmi 2020 yil 25 yanvarda ekranlarga chiqadi. Xitoylik kinoijodkorlar suratga olgan filmda qo‘riqlash firmasining xitoylik millioner oilasining yollanma qotillar tashkiloti tomonidan o‘g‘irlab ketilishiga qarshilik ko‘rsatishi haqida so‘zlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jeki Chan suratga olish vaqtida halok bo‘lishiga bir baxya qolgani haqida so‘zlab berdi