14:12 / 26.12.2019
4 770

Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlarini “mujohid” nemislar kuzatib turgan

Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlarini “mujohid” nemislar kuzatib turgan
1979 yilning 25 dekarbida sovet qo‘shinlari Afg‘onistonga kirgan edi. Ma’lumki, AQSHning mujohidlarga yordami haqida bir nechta kitob yozilgan va filmlar suratga olingan. Ammo urushda Germaniya Federativ Respublikasining razvedkasi faol qatnashganidan ko‘pchilikning xabari yo‘q, deya yozadi Azon.uz nashri.

Federal razvedka xizmati (BND)ning Afg‘onistondagi maxfiy operatsiyasi “Yoz yomg‘iri” deb atalib, 1981 yilda boshlangan va bir necha yil davom etgan. Omma mazkur operatsiyadan 2013 yildagina xabardor bo‘ldi. Nemis razvedkachilarining maqsadi sovet armiyasining harbiy texnikasi haqida iloji boricha ko‘proq ma’lumot to‘plash bo‘lgan. Buning uchun esa o‘zlarini mujohid yoki sanitar qilib ko‘rsatgan. Razvedkachilar sovet tomoniga tiriklayin asir tushishi mumkin bo‘lmagan.

“Yoz yomg‘iri” operatsiyasi uchun o‘sha paytda yiliga 250 ming marka sarflangan va bu xarajatlar federal budjetda ko‘rsatilmagan, operatsiya haqida mamlakat hukumatidan boshqa hech kim bilmagan. Xorijda harbiy operatsiyalar o‘tkazilishini Germaniya parlamenti tasdiqlashi zarur, biroq Federal razvedka xizmati operatsiyalari uchun bunday shart mavjud bo‘lmagan.
“Yoz yomg‘iri” operatsiyasi haqida yozma guvohliklarning bari yo‘q qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afg‘onistondagi sovet qo‘shinlarini “mujohid” nemislar kuzatib turgan