22:24 / 27.12.2019
3 070

AQSH Rossiyaga qarshi axborot urushi rejasini ishlab chiqdi

AQSH Rossiyaga qarshi axborot urushi rejasini ishlab chiqdi
Foto: Newsone
AQSH kiberguruhi Rossiyaning saylov tizimlariga putur yetkazib yoki amerikaliklar o‘rtasida nifoq tarqatib AQSHdagi 2020 yil prezidentlik saylovlariga aralashishi holatiga qarshi axborot urushi taktikasini ishlab chiqdi. Bu haqda The Washington Post'ga tayanib Daryo xabar bermoqda.

Meduza’ning yozishicha, ko‘rib chiqilayotgan variantlardan biri bu Rossiya maxsus xizmatining asosiy xodimlari, harbiylar va ayrim mansabdorlariga qarshi qaratilgan axborot urushidir. Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qarshi hujum ko‘zda tutilmagan, chunki buni haddan ortiq provakatsion deb qabul qilishlari mumkin.

Axborot operatsiyasi davomida mansabdorlar va biznesmenlarga agar saylovlarga aralashishini to‘xtatmasa, ularning maxfiy ma’lumotlari oshkor qilishini mumkinligi aytilgan xat yuborilishi mumkin.

Shuningdek, AQSH kiberguruhi rossiyalik amaldorlar va elitalar o‘rtasida nizo keltirib chiqarish uchun dezinformatsiya tarqatish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bunda, The Washington Post’ning ta’kidlashicha, butun Rossiya jamiyatiga ta’sir ko‘rsatish varianti ko‘rib chiqilmayapti.

Amerikalik maxsus xizmat vakillarining fikricha, Rossiya hukumati 2016 yilda AQSH prezidentlik saylovlariga aralashish kampaniyasini tuzgan. Moskva buni qat’iy rad etmoqda.

Shuningdek, AQSHda Donald Tramp saylovoldi shtabining Rossiya bilan aloqasi bor deb taxmin qilingan, ammo AQSH maxsus prokurori Robert Myuller o‘z tekshiruvlari davomida buni tasdiqlamagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Rossiyaga qarshi axborot urushi rejasini ishlab chiqdi