Foto: 24.kg
Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning maslahatchisi Qunduz Joldubayeva Qo‘y-Toshdagi voqealar vaqtida odamlarni garovga olishda ayblandi. Bu haqda uning advokati Zamir Jooshev ma’lum qildi.
Jooshevning ta’kidlashicha, shunday ayblovlar Atamboyevning yana bir tarafdori – sobiq deputat Meerbek Miskenbayevga ham bildirilgan.
Advokatning aytishicha, Bishkek tuman sudi Joldubayeva va Miskenbayevga qanday ehtiyot chorasi ko‘rilishini hal qiladi.
Qirg‘iziston maxsus xizmatlari 7-8 avgust kunlari Atamboyevning uyi joylashgan Qo‘y-Tosh qishlog‘ida uni qo‘lga olish bo‘yicha amaliyot o‘tkazgandi. Amaliyot davomida maxsus xizmatlar xodimlari Atamboyevning tarafdorlariga qarshi maxsus vositalar qo‘llashgan. Sobiq prezidentning tarafdorlari bunga javoban o‘t ochishgan. Atamboyev tarafdorlari, shuningdek, 6 jangchini garovga olishgan. Natijada bir kunga yaqin davom etgan to‘qnashuvlardan keyin Atamboyev taslim bo‘lishga qaror qilgan. Voqea vaqtida 136 kishi jabrlangan, bir jangchi halok bo‘lgan.
Ayni vaqtda Atamboyev bir nechta ayblovlar bo‘yicha hibsda ushlab turilibdi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?