10:37 / 28.12.2019
4 573

"Liverpul"da Muhammad Salohdan ham boshqa namozxon yigit bor...

"Liverpul"da Muhammad Salohdan ham boshqa namozxon yigit bor...
U Senegal janubidagi Bambali degan kichkina qishloqda tug‘ilib o‘sdi. Otasi qishloq masjidida imom edi.
"Men alkogolga qo‘limniyam tekkizmayman, – deydi Mane. – Dinim men uchun juda muhim. Islom ruknlarini hurmat qilaman va besh vaqt namozimni qoldirmay o‘qiyman".

"Senegalda 90 foiz aholi musulmon, xristianlar faqat 10 foiz. Birgalikda hamjihatlik va do‘stlik hukmron muhitda yashaydilar. Mening eng yaqin do‘stim Lyuk – xristian".

«O‘nta Ferrari, olmosdan yasalgan yigirmata qo‘lsoat yoki ikkita samolyot olib nima qilaman? Bu narsalardan menga va odamlarga nima naf? Ochlik nimaligini bilaman, chunki boshimdan o‘tkazganman. Dalada ishlashimga to‘g‘ri kelgan.

Yalangoyoq futbol o‘ynardim. O‘qishga va yana boshqa ko‘p narsalarga imkonim bo‘lmagan. Hozir esa shu futbolning ortidan topgan pulim bilan odamlarga yordam bera olayapman. Maktablar ochdik, stadion qurdik. O‘ta qashshoqlikda hayot kechirayotgan odamlarga kiyim-kechak, poyabzal berayapmiz...

Senegalning juda kambag‘al tumanlaridan birida yashayotganlarning har biriga oyiga 70 yevrodan beramiz. Shohona hayot, dang‘illama dala hovli, kiborlarcha sayru sayohatlar va samolyotlarni ko‘z-ko‘z qilish menga kerak emas. Men bundan ko‘ra hayot menga bergan narsalarni xalqim bilan bo‘lishishni afzal ko‘raman
».

Mane amakisiga kunlar kelib Fransiyaning mashhur klublaridan birida o‘ynashini aytganida, amakisi uning ustidan kulgan edi. Senegalning eng chekka qishlog‘idan futbolchi chiqishi imkonsiz narsa, degan edi. Ammo har narsaga qodir Alloh ojiz bandasining orzusini ro‘yobga chiqardi, unga xohlaganidan ham ortig‘ini berdi. U hozir “Liverpul” klubining eng ishongan o‘yinchilaridan biri.

Shu yil Ramazon oyining ro‘zasini tutgan Mane va Muhammad Saloh eng muhim o‘yin – Chempionlar Ligasining final o‘yinida ham ro‘zador holda maydonga tushdi.

Liverpul murabbiyi Yurgen Klopp: “Men o‘yinchilarimning ro‘za tutishi muammo emas. Men ularning e’tiqodini hurmat qilaman. Ular ro‘za tutsa ham, tutmaganida ham yuqori darajada o‘ynay oladi. Sadio va Saloh mashg‘ulotlardan oldinroq kelib namoz o‘qib turganlariga guvoh bo‘lganman. Bu dunyoda futboldan ham muhimroq narsalar bor”, – deydi.
Ha aytgancha, Mane yaqinda qishlog‘idagi masjidni ham to‘liq ta’mirdan chiqarib berdi.

Internet materiallari asosida Yoqub Umar tayyorladi

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » "Liverpul"da Muhammad Salohdan ham boshqa namozxon yigit bor...