22:20 / 28.12.2019
3 040

Qozog‘iston IIV Olmaotadagi samolyot halokati bo‘yicha uchta versiyani ma’lum qildi

Qozog‘iston IIV Olmaotadagi samolyot halokati bo‘yicha uchta versiyani ma’lum qildi
Foto: Timur Batirshin / RIA Novosti
Tergovchilarning so‘zlariga ko‘ra, aviahalokat texnik nosozlik, ob-havo sharoiti yoki uchuvchi xatosi tufayli yuz bergan bo‘lishi mumkin. Qulagan samolyotning «qora qutilari» shifrdan chiqarish uchun Moskvaga yuboriladi.

Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi Olmaotada Fokker-100 samolyotining qulashi bilan bog‘liq bir nechta versiya ustida ishlamoqda, deb yozyapti Tengrinews mahkama matbuot xizmatiga tayanib.

Ushbu versiyalar orasida samolyotning texnik nosozligi, ob-havo sharoiti, shuningdek, parvoz paytidagi xato mavjud. Ichki ishlar vaziri Yerlan Turgumbayev tergov mavjud bo‘lgan barcha audio va video yozuvlar, samolyot va uchish-qo‘nish yo‘lagining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganayotgani, shuningdek, parvozlarni tashkil etadigan yerusti va aviatsiya xizmatlari faoliyatini tekshirayotganini ta’kidladi.

Halokatga uchragan laynerning bort yozuvlari shifrdan chiqarish uchun Moskvadagi Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasiga topshiriladi, deb xabar berdi Tengrinews sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri o‘rinbosari Berik Kamaliyevga tayanib.

27 dekabr kuni Olmaota aeroportidan parvoz qilgan, bortida 93 yo‘lovchi va ekipajning 5 a’zosi bo‘lgan Bek Air aviakompaniyasi samolyoti oradan ko‘p o‘tmay xususiy sektorda halokatga uchradi. Natijada, 12 kishi, jumladan, havo kemasi sardori halok bo‘ldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qozog‘iston IIV Olmaotadagi samolyot halokati bo‘yicha uchta versiyani ma’lum qildi