18:20 / 31.12.2019
2 936

Abdulmanap Nurmagomedov: Makgregorni taslim etishimga 30 soniya yetarli bo‘ladi

Abdulmanap Nurmagomedov: Makgregorni taslim etishimga 30 soniya yetarli bo‘ladi
UFCning yengil vazndagi chempioni Xabib Nurmagomedovning otasi Abdulmanap Nurmagomedov ikki divizionning sobiq chempioni Konor Makgregorga qarshi kurash tushishi mumkinligi borasida gapirdi.

"Men istalgan vaqtda unga qarshi kurashishga tayyorman. Uni taslim etishimga 30 soniya yetarli bo‘ladi.

Qayerda ushlab olsam, shu joyning o‘zida mag‘lub etaman. Nima uchun kurash tushmaysiz deyishingiz mumkin, buning sababi esa men 110 kgman. Bu borada har kuni ishlayman. Hozirda, men shogirdlarim bilan hotirjam ishlashim mumkin.

Xabib bilan kurashishmi? Xabib bilan kurashish qiyin, Islom Maxachev bilan ham qiyin. Taxminan, 1 daqiqa va keyin ular tempni oshirishadi. Shuning uchun ularga qarshi kurashish qiyin. Nafaqat menga, balki Makgregorga ham ularga qarshi turish qiyin," - dedi katta Nurmagomedov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Abdulmanap Nurmagomedov: Makgregorni taslim etishimga 30 soniya yetarli bo‘ladi