14:05 / 01.01.2020
3 354

AQSHda so‘nggi 100 yil ichida aholi o‘sishining eng past ko‘rsatkichi qayd etildi

AQSHda so‘nggi 100 yil ichida aholi o‘sishining eng past ko‘rsatkichi qayd etildi
Foto: «NG.az»
AQSH aholini ro‘yxatga olish byurosi 2019 yili mamlakatda o‘tgan asrda aholi o‘sishining eng past ko‘rsatkichi qayd etilganini ma’lum qildi, deb yozadi Daryo nashri.

Byuro tomonidan taqdim etilgan hisobotga ko‘ra, o‘tib ketayotgan yil davomida AQSH aholisi 1,5 million odamga oshgan. Bu esa yarim fozidan ham kamroqdir. Shu orqali Amerika aholisi 2019 yilda 328 million kishiga yetdi.

Ta’kidlanishicha, bu Birinchi jahon urushidan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, faqatgina sakkizda shtatda tug‘ilishlarning o‘sishi kuzatilgan bo‘lsa, qolgan 42 shtat va Kolumbiya okrugida tug‘ilishlar soni 2018 yilga nisbatan past bo‘lgan.

Tabiiy o‘sish AQSH aholisining ko‘payishining asosiy sababi bo‘lsa-da, so‘nggi besh yil ichida u sekinlashmoqda. Tabiiy o‘sish yoki tug‘ilish darajasining o‘limdan oshib ketishi o‘nlab yillar ichida birinchi marta 2019 yilda million kishidan pastga tushib ketdi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, aholining o‘sish sur’atlarini pasayishiga xalqaro migratsiyaning pasayishi ham sabab bo‘lgan. 2019 yilda AQSHga keladigan muhojirlar soni 595 ming kishiga qadar kamaygan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda so‘nggi 100 yil ichida aholi o‘sishining eng past ko‘rsatkichi qayd etildi