19:08 / 02.01.2020
2 274

Ekspertlar: har beshinchi turist Saudiya Arabistonida bo‘lishni xohlaydi

Ekspertlar: har beshinchi turist Saudiya Arabistonida bo‘lishni xohlaydi
Foto: Getty Images
Britaniyalik ekspertlar o‘tkazgan tadqiqotdan ma’lum bo‘lishicha, har beshinchi turist Saudiya Arabistonida bo‘lishni xohlaydi, deb xabar bermoqda Yahoo! Finance.

Ekspertlar 9521 nafar kishi orasida so‘rov o‘tkazishdi va Saudiya Arabistonida bo‘lishni hammadan ham ko‘proq AQSH, Kanada, Xitoy, Malayziya va Buyuk Britaniya ahli istashini aniqlashdi.

So‘rovda qatnashganlarning 22 foizi Jiddada bo‘lishni, xitoylik turistlarning uchdan bir qismi Al-Ula shahriga borishni rejalashtirishgan.
Qatnashchilarning 73 foizdan ortig‘i Saudiya Arabistonining turli shaharlarida bo‘lishni istayotganini ma’lum qilgan.

So‘rov natijalari dekabr oxirida, arab davlatlari turizm vazirlarining 22-uchrashuvida taqdim etildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekspertlar: har beshinchi turist Saudiya Arabistonida bo‘lishni xohlaydi