10:06 / 03.01.2020
5 037

Pentagon general Sulaymoniy o‘lganini tasdiqladi. Eron general uchun o‘ch olmoqchi

Pentagon general Sulaymoniy o‘lganini tasdiqladi. Eron general uchun o‘ch olmoqchi
Foto: AP
Pentagon AQSH prezidenti Donald Tramp buyrug‘i bilan Eronning Islom inqilobi soqchilari korpusining “Quds” maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni - general Qosim Sulaymoniyga qarshi amaliyot o‘tkazgani, uning natijasida general o‘ldirilganini tasdiqladi.

“AQSH qurolli kuchlari xorijiy terrorchilik guruhlari ro‘yxatiga kiritilgan “Quds” kuchlari boshlig‘i Qosim Sulaymoniyni o‘ldirib, AQSHning xorijdagi personalini himoya qilish uchun qat’iy mudofaa harakatlarini amalga oshirdi”, deyilgan Pentagon bayonotida.

Qosim Sulaymoniy
Foto: AP

AQSH mudofaa vazirligida ta’kidlanishicha, ushbu amaliyot Eronning hujumlari oldini olish maqsadida o‘tkazilgan. Ta’kidlanishicha, Sulaymoniy Iroqda va butun Yaqin Sharq mintaqasida amerikalik diplomatlar va harbiylarga qarshi hujumlar rejalarini tuzgan, xalqaro koalitsiyaning Iroqdagi bazalariga hujumlarni rejalashtirgan va AQSHning Bag‘doddagi elchixonasiga hujumni ma’qullagan. AQSH, shuningdek, Sulaymoniy va “Quds” zimmasiga “AQSH va xalqaro koalitsiyaning yuzlab harbiylari halok bo‘lishi, minglab harbiylarining yaralanishiga” javobgarlikni yuklagan.

“AQSH butun dunyoda odamlarimiz va manfaatlarimizni himoyalash uchun barcha zarur harakatlarni amalga oshiradi”, deyilgan Pentagon bayonotida.
O‘z navbatida Eron Sulaymoniy uchun o‘ch olishga va’da berdi. Bu haqda Eronning maqsadga muvofiqlik kengashi kotibi Muhsin Rizoiy ma’lum qildi.
“Shahid ketgan Qosim Sulaymoniy og‘a-inilari safiga qo‘shildi, u uchun AQSHdan o‘ch olamiz”, deb yozgan Rizoiy tvitterda.

Sulaymoniy 2 yanvar kechki payt Bag‘dod aeroportiga raketa zarbalari berilishi vaqtida halok bo‘ldi. U bilan birga hujum vaqtida Iroqning Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanuvchi “Al-Hashd ash-Sha’biy” shia guruhi a’zolari halok bo‘lgan, 12 iroqlik harbiy yaralangan.

Sulaymoniy Iroqdagi eronlik harbiy maslahatchilar ishiga boshchilik qilgan va Eronning harbiy hamda agentura razvedkasi va Erondan tashqaridagi qo‘poruvchilik faoliyatiga javob beruvchi “Quds” maxsus bo‘linmasiga rahbarlik qilgan. Sulaymoniy bevosita Eronning oliy yetakchisi Ali Xomanaiyga bo‘ysungan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Pentagon general Sulaymoniy o‘lganini tasdiqladi. Eron general uchun o‘ch olmoqchi