15:37 / 03.01.2020
5 844

O‘tgan o‘n yillikning eng qimmat to‘ylari

O‘tgan o‘n yillikning eng qimmat to‘ylari
Foto: «Tatler»
To‘ylarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi «Bridebook» agentligi oxirgi o‘n yillikda o‘tkazilgan eng qimmat to‘ylar reytingini tuzdi. Rekord — shahzoda Garri va Megan Marklga tegishli.

Garri va Meganning to‘yiga (2018 yil 19 may) 35 million funt sterling xarj qilingan. Marklning bitta kelin ko‘ylagining o‘zi 420 ming funt sterlingga tushgan.

Ikkinchi o‘rinda — shahzoda Garrining akasi shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning to‘yi (2011 yil 29 aprel) — 26 million funt sterling.
Uchinchi o‘rinda — «Formula-1» prezidenti Berni Ekklstounning qizining to‘yi. 2011 yilda o‘tgan to‘y xarajatlari uchun Petra Ekklstoun va biznesmen Jeyms Stent naq 9 mln. funt sterling sanab berishgan. Ammo oradan yetti yil o‘tib, ular ajrashib ketishdi...

To‘rtinchi o‘rinda — aktyor va qo‘shiqchi Jastin Timberleyk va aktrisa Jessika Bilning to‘yi (2012 yil). Ular «baxt kechasi»ga to‘rt million funt sterling to‘lashgan.
Keyingi o‘rinda Gollivud yulduzi Jorj Kluni va huquqshunos Amal Alamuddin — ikki «yosh» to‘y uchun 3,5 million funtni ayashmagan.

«Qimmat to‘y» qiluvchi mashhurlar reytingida, shuningdek, quyidagilar bor:
- AQSH sobiq prezidenti Bill Klintonning qizi Chelsi Klinton va bankir Mark Mezvinskiyning to‘yi — 2,3 million funt sterling
- Aktrisa Priyanka Chopra va qo‘shiqchi Nik Jonasning to‘yi — 2,3 mln. funt sterling
- Aktrisa va model Kim Kardashyan va reper Kane Uestning to‘yi — 2,1 mln. funt sterling.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » O‘tgan o‘n yillikning eng qimmat to‘ylari