Foto: Mike Blake /Reuters
Apple kompaniyasi aksiyalari yangi narx rekordi o‘rnatib, bir donasi narxi 300 dollardan oshdi. Kompaniya aksiyalari bir kun ichida 2,3 foizga qimmatlashgan, deb xabar berdi Bloomberg axborot agentligi.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, kompaniya aksiyalariga AirPods quloqchinining yangi modeli, Apple TV+ striming xizmatining ishga tushirilishi hamda 2019 yil 3-chorakdagi moliyaviy natijalar ijobiy ta’sir ko‘rsatgan.
Ayni vaqtda Apple’ning bozor narxi 1,33 trln dollarga baholanmoqda va u dunyodagi eng qimmat kompaniya bo‘lib qolmoqda. 2-o‘rinni kapitallashuvi 1,23 trln dollarga baholanayotgan Microsoft egallamoqda.
Yangi simsiz AirPods Pro quloqchinlari 2019 yil 28 oktabrda taqdim etilgan. Uning o‘ziga xos jihati shovqinni faol bostirish funksiyasi hisoblanadi. Qurilmada “shaffof rejim”ning faollashtirilishi tashqi tovushlar, misol uchun, yaqinlashayotgan avtomobil ovozi yoki jamoat transportida bekat nomining e’lon qilinishi kabilarni eshitishga imkon beradi.
Apple TV+ videoservisi 2019 yil 1 noyabrda ishga tushirilgan. U 100 dan ko‘proq davlatda ishlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?