11:23 / 07.01.2020
3 884

AQSHda haydovchi qor otgan bolalarni o‘qqa tutdi

AQSHda haydovchi qor otgan bolalarni o‘qqa tutdi
Foto: «Ok.ru»
Viskonsin shtati Miluoki shahrida avtomobil haydovchisi uning mashinasiga qor otgani uchun 12 va 13 yoshlardagi ikki nafar bolaga o‘q uzib, ularni yaraladi, deya xabar berdi shahar politsiyasi.

Politsiyaning «Twitter»da xabar berishicha, 12 yoshli qizcha va 13 yoshli yigitcha boshqa bolalar bilan birgalikda yonidan o‘tib ketayotgan avtomobillarga qor yumaloqlab otishgan. Bunday qor koptokchalaridan biri «Toyota» rusumidagi oq avtomobilga borib tekkan. Uning haydovchisi qurol chiqarib, bolalarni o‘qqa tutgan.

«RIA Novosti»ning yozishicha, o‘qotar quroldan jarohatlangan bolalar mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Politsiya gumonlanuvchi shaxsni izlamoqda va hodisani o‘rganmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda haydovchi qor otgan bolalarni o‘qqa tutdi