13:24 / 07.01.2020
4 600

Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi

Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi
2020 yil 3 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 80 yoshli O‘zbekiston fuqarosi A.X.ning og‘ir ahvolga tushgani to‘g‘risidagi ma’lumotlar tarqalgan. O‘zbekistonning Jidda shahridagi bosh konsulxonasi shu kunning o‘zida u bilan aloqa o‘rnatgan va unga zarur konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatgan. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Xabar berilishicha, A.X. ma’lum kishilar bilan Saudiya Arabistoniga Umra ziyorati uchun safar tashkillashtirish, xususan mehmonxona, ovqatlanish, doimiy kuzatuv xizmati xarajatlarini qoplashga kelishib olgan. Ammo A.X. 1 yanvar kuni Bishkek va Istanbul orqali Jidda shahri aeroportiga kelganida, va’da qilinganiga qaramay uni hech kim kutib olmagan.

Bosh konsulxona ma’lumotiga ko‘ra, Saudiya Arabistonining Haj va Umra ishlari vazirligi ko‘magi bilan O‘zbekiston fuqarosiga zarur yordam ko‘rsatilgan, xususan mehmonxonaga joylashtirilgan. Hozirda u Umra amallarini ado etmoqda, deyiladi vazirlik xabarida.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Umra ziyoratiga borgan O‘zbekiston fuqarosi Jiddada og‘ir ahvolga tushib qoldi