19:44 / 08.01.2020
5 356

Eron BMTga murojaat qildi: “Urushni xohlamaymiz”

Eron BMTga murojaat qildi: “Urushni xohlamaymiz”
Rasmiy Tehron BMT Xavfsizlik Kengashiga maktub yo‘llab, AQSH bilan urush boshlashga urinmayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.
“Biz urush boshlashga harakat qilmayapmiz. Eronga qarshi har qanday harbiy avantyuraga qarshi javob qaytarishga tayyor ekanimiz haqida ogohlantiramiz”, – deyiladi maktubda.

Eron davlat televideniyesi xabariga ko‘ra, ushbu maktub AQSHning Iroqdagi ikki harbiy bazasiga raketa zarbasi berilganidan keyinoq BMT Xavfsizlik Kengashi va Bosh kotib Antoniu Guterrishga yuborilgan.

Eron Tashqi ishlar vaziri Javod Zarif aviazarbalar xalqaro qonunlar doirasida amalga oshirilganini bildirdi.
“Eronning o‘zini himoya qilishi BMT nizomining 51-moddasiga tayanadi”, – deya yozdi u Tvitterdagi sahifasida. Vazirning ta’kidlashicha, Eron urushni xohlamaydi, lekin har qanday hujumga qarshi o‘zini himoyalashga tayyor.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Eron BMTga murojaat qildi: “Urushni xohlamaymiz”