00:02 / 09.01.2020
4 901

Tramp Amerika xalqiga murojaat qildi (video)

Tramp Amerika xalqiga murojaat qildi (video)
AQSH prezidenti Donald Tramp Eron Iroqdagi amerikaliklar bazalariga raketa zarbalari berganidan so‘ng o‘z xalqiga murojaat qildi.

Uning ta’kidlashicha, Eronning Iroqdagi AQSH harbiy bazasiga hujumidan hech kim jabrlanmagan, qo‘shimcha qilinishicha, toki u (Tramp) prezident bo‘lib qolar ekan, Eron o‘z yadroviy quroliga ega bo‘lishiga hech qachon ruxsat berilmaydi.

Tramp Eron bilan nizoni yanada kuchaytirishga intilmasligini va maksimal bosim o‘tkazish kampaniyasini davom ettirishini aytdi. U qo‘shimcha qildiki, Eron chekinadi va «bu butun dunyo uchun yaxshidir».

Shuning bilan birga, u AQSH Eron bilan tinchlikka erishishga tayyorligiga ishontirib, NATOni Yaqin Sharqda yanada faolroq bo‘lishga undadi.
Tramp «Eron tuzumi»ga nisbatan yanada qattiqroq iqtisodiy sanksiyalar kiritilishini ham ma’lum qildi.

Amerika prezidenti Eron bilan yangi yadroviy bitim tuzilishi, Rossiya va Yevropa ham amaldagisidan voz kechishi kerak, deb hisoblaydi.
Eslatib o‘tamiz, 8 yanvar kechasi yer-yer toifasidagi raketalar Erondan Iroqdagi AQSH harbiy kontingenti joylashgan bazalarga qarata uchirilgan edi.

Eron davlat OAVlari buning natijasida 80 kishi halok bo‘ldi deb xabar bergandi, xorijiy OAVlar esa qurbonlar borasida jim.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Amerika xalqiga murojaat qildi (video)