23:30 / 09.01.2020
3 095

Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi

Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi
Mashhur aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi. Bu haqda Daily Mail nashriga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Voqea 2019 yil 30 dekabrda yuz bergan, biroq u haqida endigina ma’lum bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, amerikalik aktyor o‘z yaxtasida sevgilisi Kamila Morrone bilan birga Sen-Bartelemi oroli tomon yo‘nalayotgan bo‘lgan.

Yaxta sardori kruiz layneri ortiga bir erkak tushib ketgani va u ancha vaqtdan beri suvda qolib ketgani haqida xabar olgan. Shunda aktyor erkakni qutqarish uchun yaxtasi yo‘nalishini o‘zgartirishga rozi bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, aktyorning yaxtasi yordam haqida signal olgan yagona kema bo‘lgan. Yaxta sardori sayyohning qutqarilishini “milliarddan bir imkoniyat” deb atagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Aktyor Leonardo Di Kaprio 11 soat dengizda qolib ketgan erkakni qutqardi